Telegram Group Search
Эшонқулов Муҳаммадали Олимжон ўғли - «Yuksalish» нодавлат таълим муассасалари таъсисчиси Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони билан «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.
Forwarded from Xayrulla Sattarov
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bir guruh yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

Jumladan, Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li
 - “Yuksalish” nodavlat taʼlim muassasalari taʼsischisi ham mukofotlandi

Mukofotlar muborak bo’lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keling, sizlar bilan birgalikda dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi avlodlarni tarbiyalaylik!

🗣
Yuksalish maktablari 2024–2025-o‘quv yilida Olmaliq shahrida ham o‘z faoliyatini boshlamoqda! Shu munosabat bilan o‘qituvchilar uchun qabul boshlanganini eʼlon qilamiz!

Bizga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin:
– direktor;
– o‘quv ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosari;
– bosh koordinator;
– boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari;
– fan o‘qituvchilari;
– koordinator;
– psixolog;
– hamshira;
– logoped;
– qabulxona xodimi.

👇 Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va saralanganlar safida bo‘ling!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun link

Manzil: Olmaliq shahar, Amir Temur ko'chasi 18-A uy (Lokatsiya)
Moʻljal: Raduga, Korzinka yonida

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

Admin:
@Yuksalish_olmaliq
📞 +998881314114
✉️ @Yuksalish_maktabi_olmaliq

📱 Telegram   📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ёшлар куни арафасида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармон ва қарорига мувофиқ, мамлакатимиз ривожига муносиб ҳисса қўшаётган бир гуруҳ фаол ёшлар «Келажак бунёдкори» медали ҳамда «Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирланган эди.

Бугун Кўксаройда ана шу мукофотларни топшириш маросими бўлди.

В преддверии Дня молодежи согласно указу и постановлению Президента Республики Узбекистан группа активной молодежи, вносящая достойный вклад в развитие нашей страны, была награждена медалями «Келажак бунёдкори» и государственной премией «Мард ўғлон».

Сегодня в резиденции “Куксарой” состоялась церемония вручения этих наград.

#Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bu yigitni taniganlar bormi?

Yaxshi yigit, mukofot muborak bo'lsin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E'tirof

2016-yil, bundan 8 yil avval ilm-fan rivojiga hissa qo'shaylik deb, bir o'quv markaz ochmoqchi bo'lganmiz. Lekin o'sha paytdagi byurokratik to'siqlar va ta'limga bo'lgan sovuqqonlik tufayli bir yil yugurib ham faoliyatimiz uchun litsenziya ololmaganmiz.

Oradan yillar o'tdi. Prezidentimiz tomonidan ta'limga katta e'tibor berilib, sohada ishlayotganlar qadr topdi. Shundan ruhlanib, yana ish boshladik. Hozirda nafaqat Respublikamiz bo'yicha balki, Qo'shni davlatlardan Qozog'iston, rivojlangan davlatlardan AQSHda ham markazimizni ochib, vatandoshlarimizga ta'lim berdik.
Jami 600 ga yaqin yangi ish o'rinlari yaratdik.
20.000 ga yaqin yoshlarimizni milliy ruhda, madaniyatga, kitobxonlikka va vatanni sevishga o'rgatdik.

10 yil oldin orzum 2030-yilgacha 1 dona xususiy maktab ochish edi.
Hozir 2024-yil, Respublika bo'ylab 6 ta xususiy maktablarimiz bor.
Bu yil ikki barobar kengayish arafasidamiz.

Va bugun Yoshlar kuni munosabati bilan davlat mukofotini shaxsan Prezidentimizdan qabul qilib, men o'z oldimga maqsad qo'ydim:
Dunyoning qaysi joyida o'zbek diasporasi bo'lsa, o'sha joyda nasib qilsa o'zbek maktablarini ochib, ona tilimiz, milliy qadriyatlarimizni butun dunyoga yoyishda xizmat qilaman.

@Muhammadali_Eshonqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz azizlarga Kattaqo'rg'ondan samimiy salomlarimiz bo'lsin.😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dadajonim

Ko'pchilik "Prezident bilan bir muddat gaplashib qoldingizlar, siz nima dedingiz-u, davlatimiz rahbari sizga nimalar dedi?" deb so'rayapti.

Suhbatning oxirgi qismini shu yerda yozmoqchiman:

-Hurmatli Prezident, avvalo oilamiz va butun jamoamiz nomidan tashakkur aytmoqchiman. Ayniqsa dadajonim juda xursand bo'ldilar. Sizga salom aytib, rahmat deb yubordilar.

-Meniyam nomimdan dadangizga salom ayting. Sizdek yigitni tarbiya qilibdi, otangizga rahmat.

@Muhammadali_Eshonqulov
2024/06/29 11:58:07
Back to Top
HTML Embed Code: